OAV: «PSJ» Blanni iste'foga chiqarib, uning o‘rniga Mourinoni olib keladi

Sport 12:38 / 14.04.2016 877

«PSJ» jamoasi YeChLning yarim finaliga chiqa olmagach, bosh murabbiy Loran Blanni ishdan bo‘shatish imkoniyatlarini ko‘rib chiqmoqda.

The Telegraph nashrining yozishicha, Blan iste'foga chiqadigan taqdirda parijliklar klubiga yangi bosh murabbiy sifatida «Chelsi»ning sobiq bosh murabbiy Joze Mourino olib kelinishi mumkin. «PSJ» prezidenti Nosir Al-Helayfi o‘tgan yilning yozida ushbu mutaxassisni 2 marta o‘z jamoasiga taklif qilgandi.

Blan fevral oyida «PSJ» bilan shartnomasini yangilagan va uni 2018 yilgacha uzaytirgandi.

O‘tgan yilning dekabrida londonliklar jamoasidan ketgach Mourino yangi jamoasi «Manchester Yunayted» bo‘lishini aytib kelmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: