"Kamolot"ning Namangan viloyati bo‘limi O‘zbekiston Mustaqilligining 25 yilligi sharafiga "O‘z Vataniga muhabbat izhori" tadbiri doirasida avtomobil fleshmobi tashkil qildi. Bu haqda uz24.uz nashri xabar bermoqda.
Tadbir ishtirokchilari O‘zbekiston Mustaqilligi kunining 25 yilligi nishonlanishi munosabati bilan 10 ta "Captiva" mashinasidan "25" soni tuzishdi. O‘tgan fleshmob fotosuratini "Kamolot" yoshlar ijtimoiy harakatining xodimalaridan biri internetga joylashtirdi.
Avvalroq "kamolotchilar" Namanganda buyuk sohibqiron Amir Temurning 680 yillik tavalludiga bag‘ishlangan #AmirTemur680 xeshtegi ostidagi tadbirni qo‘llab-quvvatlashgandi.
2015 yilning 21 avgustida "Kamolot" harakati Mustaqillikning 24 yilligi munosabati bilan shou-biznes yulduzlari va yosh rok-guruhlar ishtirokida konsert dasturini uyushtirgan edi.