Moskvada o‘zbekistonlik va tojikistonlik quruvchilar zaharlanishdi

Jamiyat 12:48 / 14.04.2016 1169

Moskva g‘arbidagi umumiy yashash inshooti oshxonasida O‘zbekiston va Tojikiston fuqarolari bo‘lgan ishchilar ovqatdan zaharlangan. Bu haqda RIA Novosti agentligi poytaxt tez yordam xizmatiga tayangan holda xabar bergan.

"Umuman, 60ga yaqin kishi zaharlangan. Korxona oshxonasiga oziq-ovqat mahsulotlarini shartnoma asosida boshqa firma yetkazib bergan", -deyishgan Moskva favqulodda xizmatlar vakillari.

Qurilish inshooti xavfsizlik xizmati rahbari Dmitriy Telitsin, tushlik vaqtida kishilarning ommaviy zaharlangani haqida xabar qilgan edi. Telitsinning aytishicha, shu paytgacha bunday voqea yuz bermagan.

Ko‘proq yangiliklar: