Hollivud aktrisasi Merilin Monroning mashhur ko‘ylaklari sotuvga qo‘yildi. Sky News nashrining xabariga ko‘ra, so‘z aktrisaning dunyodagi eng katta shaxsiy kolleksiyasi haqida ketmoqda. Uning bahosi 3 million dollar deb e'lon qilingan.
Masalan, Monroning kolleksiyasida “Jazda faqat qizlar”, “Avtobus bekati” va “Shou – biznes kabi biznes bo‘lmaydi” filmlarida kiygan ko‘ylaklari, posterlari, taqinchoqlari va shaxsiy buyumlari mavjud.
Kolleksiyaning savdosi bilan Julien's Auctions auksionlar uyi shug‘ullanmoqda. Savdo 19 noyabr kuni Los-Anjyeles shahrida o‘tkaziladi.
2011 yilda aktrisaning “Yettinchi yildagi qichish” filmidagi ko‘ylagi 5,5 million dollarga sotilgan. Bu sahna libosi uchun rekord bo‘lgan.
2016 yilda Monro 90 yoshga kirgan bo‘lar edi.