Meksikada Pemex kompaniyasi zavodida portlash yuz berdi

Jahon 08:57 / 14.04.2016 1071

Meksikaning Chyapas shtatida Cactus gazni qayta ishlash zavodida portlash yuz berdi. Shu sababli Pemex davlat neft-gaz kompaniyasiga tegishli korxonadan 2 mingga yaqin odam evakuatsiya qilingan. Qurbonlar va jabrlanganlar haqida ma'lumot berilmagan.

Pemex matbuot xizmati Twitter’dagi sahifasida nazorat qilinuvchi gaz otilishi va undan keyingi gaz alangalanishi yuz berganini ma'lum qilgan. Zavod o‘z ishini odatiy tartibda yana boshlagan. Favqulodda vaziyatga elektr ta'minotidagi uzlishlar sabab bo‘lgani aytilgan.

Pemex obektlarida avariyalar yuz berishi uchrab turadigan holatdir. Bir yil avval Meksika bo‘g‘ozidagi kompaniyaga tegishli Abkatun dengiz platformasidagi yong‘in oqibatida 4 kishi halok bo‘lgan, 45 kishi jarohat olgandi.

Ko‘proq yangiliklar: