Keyt Middltonning 210 dollarlik ko‘ylagi hind dizaynerini mashhur qilib yubordi

Jahon 17:33 / 14.04.2016 2396

Shahzoda Uilyam umr yo‘ldoshi Keyt bilan 10 aprel kuni Hindistonga tashrif buyurishdi va u yerda kriket bo‘yicha xayriya o‘yinida qatnashishdi.

Keyt bu tadbirda Dongre ismli hind dizaynerining yozgi kolleksiyasidan bo‘lgan yengil ko‘ylagini kiyib keldi. Bu ko‘ylak uning uchun bir oz o‘zgartirilgan edi.

Ta'kidlanishicha, qirollik oilasi a'zosining ushbu ko‘ylakdagi suratlari tarmoqda bir necha soatdan keyin tarqalgan va dizaynerning sayti ishlamay qolgan. Chunki xuddi shunday kiyimni xarid qilish uchun juda ham ko‘p qo‘ng‘iroqlar va elektron xatlar unga kela boshlagan.

Bundan tashqari, buyurtmalar Buyuk Britaniya, Avstraliya, Kanada va AQSh mamlakatlaridan ham kelgan. Bir oz vaqt o‘tib uning sayti yana ishlay boshlagan.

Dongrening so‘zlariga ko‘ra, Keyt uning ko‘ylagini kiyishini bilmagan va shahzoda Uilyam turmush o‘rtog‘ining kriket o‘yinidan olingan suratlari u uchun katta sovg‘a bo‘lgan.

Xabar berilishicha, gersoginya Keyt kiygan ko‘ylak 14 ming hind rupiysi, ya'ni 210 dollar etib baholangan.

Ko‘proq yangiliklar: