Janubiy Koreyadagi parlament saylovlarida yetakchi partiya yutqazib qo‘ydi

Jahon 08:45 / 14.04.2016 1059

Janubiy Koreyada 13 aprelda mamlakat Milliy yig‘ilishi – parlamentga 20-hisobdagi saylovlar bo‘lib o‘tdi. Saylov natijalariga ko‘ra, mamlakatning yetakchi partiyasi "Senuridan" mag‘lubiyatga uchradi va 300 o‘rinli parlamentda ko‘pchilik o‘rinni egallay olmadi.

Mahalliy OAV ma'lumotlariga ko‘ra, partiya 122 deputatlik mandati, muxolif Demokratik partiya "Toburo minjudan" esa 123 ta deputatlik mandati olgan. Fuqarolik partiyasi 38 mandat, Adolat partiyasi 6 mandat va qolgan mandatlarni mustaqil nomzodlar olgan, deb xabar bermoqda RIA “Novosti” axborot agentligi.

Ta'kidlash joizki, 2017 yil oxirida Janubiy Koreyada mamlakatning yangi prezidenti saylovlari bo‘lib o‘tadi. Amaldagi prezident Pak Kin Xening prezidentlik muddati 2018 yil boshida yakuniga yetadi. Mamlakat qonunlariga ko‘ra, Pak Kin Xe bu lavozimga qayta saylana olmaydi.

Ko‘proq yangiliklar: