Thai Airways samolyotining parvoz vaqtida besh nafar bort vakili va bir nafar yo‘lovchi kuchli turbulentlik tufayli jarohatlandi.
Aviakompaniya bo‘lib o‘tgan voqea uchun barcha yo‘lovchilardan uzr so‘ragan va uchuvchilarga samolyotni eson-omon qo‘ndirganliklari uchun minnatdorlik bildirgan.
Ammo, Jakartadan Bangkokka parvoz vaqtida 72 yo‘lovchi va 12 nafar bort vakili samolyot Singapur havo yo‘llarida kuchli turbulentlikdagi silkinish tufayli qattiq vahimaga tushgan.
Bu vaqt Boeing 777 samolyoti xuddi “urush girdobi”ga tushib qolgandek bo‘lgan va uning ichidagi barcha yo‘lovchilarning yuklari sochilib ketgan. Hattoki voqea sodir bo‘lganidan so‘ng, bir yo‘lovchining jarohati tufayli o‘rindiq uning qoni bilan bo‘yalgan. Bort vakillaridan biri Kru P’Birth ijtimoiy tarmog‘iga voqea suratlarini joylashtirgan.
Jarohat olgan yo‘lovchining so‘zlariga ko‘ra, xavfsizlik kamarini taqmaganligi tufayli samolyot qattiq silkinishi natijasida uning boshi shiftga urilgan.
Aviakompaniyaning hisobotiga ko‘ra, barcha jarohat olganlar shifoxonalarda davolanib, o‘z uylariga yetkazilgan.