Rim merligiga nomzod Antonio Ratstsi kalamush va sichqonlarga qarshi yarim million mushukdan foydalanish taklifi bilan chiqdi. Bu haqda Il Tempo yozmoqda.
Ma'lum qilishlaricha, bu g‘ayrioddiy taklif Ratstsining saylovoldi dasturidan bir qismi hisoblanadi. Uning rejasicha, mushuklar rimliklar xonadonida yashaydi. Buning uchun hukumat ma'lum bir miqdorda ularga pul to‘lab turadi.
Kalamush va sichqonlar Rim uchun juda katta muammo bo‘lib qolmoqda. Mutaxassislar fikricha, ayni damda Italiya poytaxtida 6 milliondan ziyod kalamush va sichqon yashamoqda. Bu esa mahalliy aholidan ikki baravarga ko‘p deganidir.