Italiya A seriyasida keyingi mavsumdan videotakrorlarni sinash boshlanadi

Sport 23:43 / 14.04.2016 961

Italiya futbol federatsiyasi Italiya futbolidagi keyingi ikki mavsum davomida videotakrorlar sinovi o‘tkazilishini ma'lum qildi.

Yaqin orada Italiya futbol federatsiyasi prezidenti Karlo Tavekkio mamlakat chempionatining uchta oliy divizioni rahbarlari bilan bu yangi tartib-qoidaning texnik talablari va boshqa detallarini muhokama qilgani uchrashadi.

VAR (Video Assistant Referees) deb nomlangan bu tizimni sinash loyihasi ikki bosqichga bo‘linadi: 1-bosqichda tizim 2016/17 yillardagi mavsumda "oflayn" rejimida, 2-bosqichda esa 2017/18 yillardagi mavsumda "layv" rejimida sinaladi.

5 mart kuni Futbol uyushmalari xalqaro kengashi (IFAB) futbolda videotakrorlarni sinashni rasman ma'qulladi.

Ko‘proq yangiliklar: