Forbes Rossiyaning 200 nafar eng boy tadbirkorlari ro‘yxatini chop etdi

Jahon 09:54 / 14.04.2016 1457

Forbes jurnali eng boy rossiyalik tadbirkorlar ro‘yxatini chop etdi. Ro‘yxatga 200 kishi kiritildi.

Ro‘yxatning 1-o‘rinini 14,4 mlrd dollarlik davlat bilan Leonid Mixelson (NOVATEK va "Sibur" kompaniyalari egasi) egalladi, u o‘tgan yili 7-o‘rinda edi.

2- va 3-o‘rinni Mixail Fridman ("Alfa-bank", Dea, Vimpelcom va X5 Retail Group’ni nazorat qiladi) va Alisher Usmonov ("Metalloinvest", Mail.ru Group, "Megafon", "YuTV Xolding", "STS Media") egalladi, ularning davlati mos ravishda 13,3 va 12,5 mlrd dollarga baholandi.

Yana kamida 4 nafar rossiyalik tadbirkorning davlati 10 mlrd dollardan yuroriroq baholangan. Ular: Vladimir Potanin (12,1 mlrd dollar, "Norilskiy nikel"), Gennadiy Timchenko (11,4 mlrd dollar, NOVATEK, "Sibur", Bank "Rossiya", Transoyl), Aleksey Mordashev (10,9 mlrd dollar, "Severstal", TUI AG, "Silovyye mashiny", "Utkonos") va Viktor Vekselberg (10,5 mlrd dollar, "Rusal", Sulzer, Oerlikon, "T Plyus", "Akado").

Forbes talqinicha, ayni vaqtda 77 rossiyalik dollar milliarderi hisoblanadi, o‘tgan yili ular 88 kishi, 2014 yilda esa 111 kishi edi.

2015 yilda davlatining eng jiddiy o‘sishini Said-Salom Gutseriyev (1,6 mlrd dollar, BIN guruhi asoschisi Mixail Gutseriyevning ukasi va sobiq deputat) va Mikail Shishxanov (1,5 mlrd dollar, "Binbank", "Inteko") ko‘rsatdilar, ular ro‘yxatda 94 va 93 o‘ringa ko‘tarilib oldilar.

Eng katta, 86 va 79 o‘rin pasayish mos ravishda Rustam Tariko (0,5 mlrd dollar, "Russkiy standart", Roust) va Vladimir Gruzdevda (0,55-0,65 mlrd dollar, "Modnyy kontinent") qayd qilindi.

Shuningdek, Moskva milliarder vakillari soni bo‘yicha Nyu-York va Gonkongdan ortda qolayotgani ma'lum bo‘ldi.

Ko‘proq yangiliklar: