Kataloniyanig «Barselona» klubi prezidenti Jozep Bartomeu Yevropa chempionlar ligasining «Atletiko»ga qarshi uchrashuvida uchralgan mag‘lubiyatidan keyin (0:2) o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
«Birinchi navbatda «Atletiko»ni tabriklamoqchiman. Jamoa ikkita ajoyib uchrashuv o‘tkazdi. Bizda chempionlar ligasi finaliga ketma-kei chiqish orzusi bor edi. Afsuski bu amalga oshmay qoldi. Olg‘a yurishda davom etish kerak, endi bor e'tibor chempionatga qaratiladi.
Jamoamizda juda ko‘p vaziyat bo‘lgani yo‘q, ammo biz bor kuchimiz bilan harakat qildik. Hozir biz biroz tushkun holatdamiz. Ammo chempionatda g‘alaba qozonish uchun o‘zimizga kelib olishimiz zarur.
Bu vaziyatni prezidentlik davrimdagi eng muvaffaqiyatsiz davr demagan bo‘lardim, chunki men Tata Martino murabbiyligi davrida ham ishlaganman. Chempionatni birinchi o‘rinda yakunlashimiz kerak, mayda esa bizni kubok finali kutib turibdi.
Bugun raqib darvozasiga penalti belgilanmadi. Arbitr bu vaziyatni to‘g‘ri baholay olmadi. Omadimiz chopmadi, buning uchun referini ayblab o‘tirish befoyda. «Atletiko» juda yaxshi futbol namoyish etdi», – deydi kataloniyaliklar prezidenti.