Alonsoga “Formula-1” bo‘yicha Xitoyda o‘tadigan Gran-prida qatnashishga ruxsat berildi

Sport 19:40 / 14.04.2016 801

Shifokorlar “Maklaren” boshqaruvchisi Fernando Alonsoga “Formula-1” bo‘yicha Xitoyda o‘tadigan Gran-prida qatnashishga ruxsat berishdi. Ispaniyalik bundan oldin Astraliyada o‘tgan musobaqada avariyaga uchragan va Bahrayn Gran-prisining ikkinchi bosqichini o‘tkazib yuborgan edi.

Alonso Shanxayda tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilgan. Shifokorlar unga poygalarda ishtirok etishga ruxsat bergan, deb ma'lum qilmoqda Sky Sports nashri.

“Formula-1” bo‘yicha Xitoyda o‘tadigan Gran-pri 15—17 aprel kunlari Shanxayda bo‘lib o‘tadi.

Ko‘proq yangiliklar: