"Real"ning YeChLning chorak finali javob uchrashuvida "Volfsburg"ga qarshi o‘yinida, hisob 3:0 bo‘lib turgan vaqtda mezbonlar jamoasi bosh murabbiyi Zinedin Zidan qattiq ehtiroslarga berildi.
O‘yinning so‘nggi qismida madridliklar hujumchisi Karim Benzema o‘ta qulay imkoniyatni yo‘qqa chiqardi. Bu vaqtda tabloda porlab turgan 3:0 hisobi xavfli bo‘lib, raqib bir gol urish orqali "Real"ning vazifasini qiyinlashtirishi mumkin edi. Benzema barchasini hal qila olmagach, Zidan hissiyotlariga erk berdi va shu asnoda shimini yirtib oldi.