1 iyul kuni Osaka prefekturasi Suyta shahrida Yaponiyadagi eng baland tomosha chambaragi ilk mijozlarni qabul qiladi. Bu haqda qurilma operatori Ferris Wheel Investment Co. kompaniyasiga tayangan holda «Kiodo» nashri xabar qilgan.
Attraktsion balandligi 123 metrni tashkil etib, 18 daqiqada bir marta to‘liq aylanib chiqadi.
Chambarakda shaffof polli 72ta kabina o‘rnatilgan. Ulardan ikkitasi VIP-mehmonlar uchun mo‘ljallangan.
Hozircha Tokiodagi 117 metrlik attraksion Yaponiyadagi eng baland tomosha chambaragi hisoblanadi.