Xitoyda “Uzun sochlar bayrami” nishonlandi

Jamiyat 15:24 / 13.04.2016 7266

Xitoyning Guylin okrugida ilk bor “Uzun sochlar bayrami” nishonlandi. Milliy qizil kiyimlarni kiyib olgan yao elati qizlari uzun sochlarini tarashdi, “uzun sochlar raqsi”ga tushishdi. Ko‘tarinki ruhda o‘tgan bayramni mamlakatning turli hududlaridan, jumladan, xorijdan tashrif buyurgan mehmonlar maroq bilan kuzatishdi.

Ma'lumot uchun: ushbu hududda yao elatining 300 nafar vakili yashaydi. Ularning 80 nafardan ziyodi 1,4 metrdan uzun sochlarga ega. Ular orasida eng uzun soch sohibasining sochlari 2,3 metrni tashkil qiladi

Ko‘proq yangiliklar: