Dastur anjuman saytida chop etilgan. Ikkita yonma-yon seksiyada mahalliy va xalqaro IT kompaniyalarni bildiruvchi 19 spiker ishtirok etadi.
Anjuman o‘tkazilishi vaqti 20 aprel. Boshlanish vaqti 8.45.
Anjumanning maxsus mehmonlari – SMM sohasidagi nufuzli ekspert Damir Xalilov va Rossiyaning internet reklamasi dahosi Sergey Spivak bo‘ladi. Spivak 22 aprelda tadbirkorlar uchun yopiq seminarda alohida chiqish qiladi.
Shuningdek, Mail.ru, Yandeks, Odnoklassniki, Adriver, TNS, Dentsu Aegis Network, Safaroff Agency kompaniya mutaxassislari chiqishlari ham kutilmoqda.
O‘zbekistonni digital sohasida tan olingan kompaniya va mutaxassislar: Ledokol Group, Brand.uz, Olx.uz, Kassa.uz, Arba.uz, Uybor.uz, Uzinfocom, WebNow va Kun.uz bildiradilar.
Anjumanda ishtirok etish bepul. Kirish faqatgina taklifnoma bilan. Anjumanda ishtirok etish uchun anjuman saytida ariza berish kerak. Ishtirok etuvchilarni tanlashda ustuvorlik biznech rahbarlari, marketing mutaxassislari, reklama agentliklari hamda sohaga oid ta'lim muassasalari talabalariga beriladi.
Anjuman tashkilotchisi Ledokol Group, bosh axborot hamkori – Mail.ru Group, strategik hamkor – Axborot texnologiyalarini rivojlantirish va joriy qilish Markazi UZINFOCOM, reklama bezagi bo‘yicha hamkor – Re Expo, event hamkor – Unique Present, media hamkor – Public Media.
Tadbir Toshkent Reklama uyushmasi ko‘magida o‘tkazilmoqda.
Bosh homiy – Beeline Uzbekistan.
Axborot hamkori huquqlari asosida chop etildi.