Ukrainada parlament koalitsiyasi bosh vazir lavozimiga Groysman nomzodini olg‘a surdi

Jahon 21:37 / 13.04.2016 889

Ukrainada parlament koalitsiyasi deputatlari bir ovozda Oliy Rada spiperi Vladimir Groysman nomzodini mamlakat bosh vazirligi uchun olg‘a surdi. Bu haqda Groysmanning matbuot xizmati boshlig‘i Dmitriy Stolyarchuk o‘z tvitterida ma'lum qilgan.

"Koalitsiya tarkibidagi deputatlarning aksar qismi Groysmanni bosh vazirlikka nomzod sifatida qo‘llab-quvvatlaydi", deya yozgan u.

Bundan oldinroq, Groysman Ukraina bosh vaziri bo‘lishga rozilik bergani haqida xabar qilingandi.

Ko‘proq yangiliklar: