Suriyada parlament saylovlari boshlandi

Jahon 10:25 / 13.04.2016 1247

Suriya fuqarolarining mamlakat qonun chiqaruvchi organi uchun saylovlarda ishtirok etishlari uchun ovoz berish punktlari ochildi, deb xabar qilmoqda SANA (Suriya arab axborot agentligi) agentligi.

7 mingdan ortiq saylov uchastkalari ertalab, mahalliy vaqt bilan soat 7dan (Toshkent vaqti bilan soat 9:00) faoliyatini boshlagan.

Saylov uchastkalari kechki soat yettigacha saylovchilarni qabul qiladi. Ovoz berish jarayoni, markaziy saylov komissiyasi qaroriga ko‘ra, soat 5:00da yakunlanishi mumkin.

Mazkur siyosiy jarayonni yoritish maqsadida Damashqdagi Sheraton mehmonxonasida media-markaz ham tashkil etilgan.

AQSh davlat departamenti matbuot kotibi Mark Toner Suriya parlamenti uchun saylovlarni mamlakatdagi vaziyatni hisobga olganda, noo‘rin o‘tkazilayapti, deb hisoblagan edi.

Ko‘proq yangiliklar: