Samolyot havoda qushlar bilan to‘qnashsa nima bo‘ladi?

Jamiyat 10:41 / 13.04.2016 3052

Turli sohalarda turli vaziyatlar sodir bo‘ladi. Va, eng qizig‘i, sohadan tashqari inson uchun bu holatlar anchayin qiziq tuyuladi. Masalan, samolyot havoda qushlar galasi bilan to‘nashib ketsa, nima bo‘ladi? Bu savolga javob fuqaro aviatsiyasi uchuvchisi Patrik Smitning “Kema komandiri gapiradi. Savollar, javoblar va mohir uchuvchining kuzatishlari” kitobida berilgan.

“Qushlar bilan to‘qnashish ko‘p uchraydigan holat. Bu holatdan zarar ko‘rish esa minimal darajada. Albatta, qushlar uchun emas. Balki, siz, bunday to‘qnashuvlarga qarshi samolyot maxsus loyihalashtirilgan deb o‘ylarsiz. Internetdagi roliklar orqali samolyotning old oynasini sinovdan o‘tkazish maqsadida maxsus to‘pponchalardan otiladigan qushlarni ko‘rish mumkin. mening tajribamda ham ana shunday holatlar tez-tez uchrab turgan. Aksari hollarda bu holat oqibatida samolyotning old qismi yorilish yoki pachoq bo‘lish bilan yakunlangan.

Ammo gohida qushlar bilan to‘qnashuv halokatli tus olishi mumkin. Masalan, qushlar dvigatel ichiga kirib ketishganida. 2009 yilda US Airways kompaniyasining 1549 reysi Kanada g‘ozlari bilan to‘qnashib ketgach, Gudzon daryosiga qo‘ngan. Turbovintli zamonaviy dvigatellar yuqori tezlikda ularga kelib urilgan narsalarga chidamli etib chiqarilmagan.

Qushlar dvigatel ichiga tiqilib qolmasliklari mumkin, ammo ular parraklarni qayirtirishlari yoki sindirishlari mumkin. Qush qanchalik katta bo‘lsa, zarar darajasi ham shunchalik yuqori bo‘ladi. Soatiga 460 km. tezlikda uchib ketayotgan samolyotga oddiy g‘oz 200 kN zarba bilan uriladi.

Kichkina qushlar ham gala-gala bo‘lib uchsa, xavfli ko‘rinish oladi. 1960 yilda turbovintli Eastern Airlines samolyoti chug‘urchuqlar galasi bilan to‘qnashuvi oqibatida Bostonga qulagan edi. Men navbatdagi savolingizni taxminan qanday bo‘lishini bilaman. Nega dvigatellarning tashqi tarafida himoya panellari yo‘q. Bunday panellar havo oqimini to‘sib qo‘ygan bo‘lar edi”.

Ko‘proq yangiliklar: