Saddam Husayn saroyi muzeyga aylantiriladi

Jahon 15:30 / 13.04.2016 1888

Iroqning sobiq prezidenti Saddam Xusaynning qarorgohlaridan birini muzeyga aylantirishga qaror qilishdi. Bu haqda National Geographic xabar bergan.

Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, 2016 yil sentabrida o‘z eshiklarini ochadigan muzeyda Iroq tarixining turli davrlariga oid 3,5 mingdan 4 minggacha eksponatlar namoyish etiladi.

Xabar qilinishicha, 3,5 mln dollari miqdorida sarmoya kiritilgan muzey so‘ngggi yillarda Iroqda ochilayotgan birinchi madaniyat muassasasi hisoblanadi.

Iroq rasmiylari muzey Basra shahri madaniy hayotining qayta uyg‘onish davri timsoli bo‘lib qolishiga ishonch bildirishmoqda.

Basra kattaligi jihatidan Iroqning ikkinchi yirik shahri hisoblanadi.

Bundan avval, Bag‘dodda ham Saddam Husayn muzeyini ochish rejalashtirilayotgani xabar qilingan edi.

Ko‘proq yangiliklar: