Qirg‘iziston parlamenti Sooronbay Jeenbekovni mamlakat bosh vaziri lavozimiga sayladi. Bu haqda RIA Novosti agentligi xabar tarqatgan.
Uning nomzodi uchun deputatlarning ko‘pchilik qismi ovoz bergan.
Jeenbekov hukumat siyosati va tarkibini jiddiy ravishda o‘zgartirish niyatida emasligini bildirgan.
Biroz oldinroq, Jeenbekovning nomzodi bosh vazirlik uchun ilgari surilgach, uning ikkinchi ukasi, parlament spikeri Asilbek Jeenbekov o‘z ixtiyoriga ko‘ra lavozimidan iste'fo bergandi.
Bundan avvalgi bosh vazir Temir Sariyev 11 aprel kuni korrupsiya bilan bog‘liq mojaro fonida iste'foga chiqdi.