Peskov: Rubl kursi rossiyaliklarni xavotirga solmaydi

Jahon 16:41 / 13.04.2016 1558

Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskovning ma'lum qilishicha, «Vladimir Putin bilan bevosita muloqot»ga savollar yuborayotgan rossiyaliklarni milliy valyuta kursi tashvishga solmaydi. Bu haqda TASS axborot agentligi xabarida aytilgan.

«Aholining aksar qismi ushbu masala yuzasidan xavotirlanmaydi, deyish mumkin. Yuzminglab murojaatlar bu fikrimga isbotdir. Bu masalani narx-navoning ko‘tarilishi, maoshlarning berilishi kabi jiddiy savollar qatoriga qo‘shib bo‘lmaydi», — degan Dmitriy Peskov.

Xabar qilinishicha, Moskva birjasidagi savdolarda yevro kursi 2015 yil 4 dekabridan beri birinchi marta pasayib, 74 rublni tashkil etdi.

Rossiya davlat rahbari Vladimir Putin 14 aprel kuni bevosita muloqoti chog‘ida mamlakat fuqarolari savollariga javob beradi. Ayni vaqtda aholi murojaatlarini qabul qilish ishlari davom etmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: