FIFAdagi poraxo‘rlik ishi bo‘yicha sud jarayoni 2017 yilning fevralida boshlanadi

Sport 09:37 / 13.04.2016 1315

AQSh adliya vazirligi FIFAdagi poraxo‘rlik ishi bo‘yicha 2017 yilning fevralidan boshlab sud protsesini boshlash niyatida. Bu haqda AFP nashri prokuror Robera Kapening Bruklin federal sudi rahbari Reymond Diriga yozgan maktubiga asoslanib xabar tarqatdi.

Manbaning ma'lum qilishicha, tomonlar mazkur ish yuzasidan ayblov bo‘yicha tergov ishlarini 30 iyunga qadar tugatish maqsad qilingan. Undan keyin olti oy mobaynida dastlabki eshituvlar tinglanadi. Mazkur eshituvlar 2017 yilning yanvarida nihoyasiga yetishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 2015 yilning mayida FIFAda korrupsiya bilan bog‘liq ulkan jinoiy ish ochilgan va ko‘plab rahbarlar, jumladan tashkilot prezidenti Yozef Blatter ham futboldan chetlatilgan va iste'foga chiqqandi.

Ko‘proq yangiliklar: