Barselonaning «Espanol» klubi Ispaniya kubogining 1/8 final «Barselona»ga qarshi javob uchrashuvida muxlislarning o‘zlarini noxulqiy harakatlari uchun 24 ming yevro miqdorida jarima to‘laydigan bo‘ldi.
TV3 telekanali bergan ma'lumotga ko‘ra, jamoa muxlislari «ko‘k-anorranglilar» futbolchilarini haqorat qiluvchi bir nechta bannerlar ko‘tarib chiqishgan. Ulardan biri futbolchi Herard Pikega atalgan bo‘lib unda: «Shakira hamma uchun atalgan» yozuvlar bitilgandi.
«Espanol» ushbu jarimani to‘lashga tayyorligini bildirgan.