«Atletiko» jamoasi bosh murabbiyi Diyego Simeone YeChLning chorak finali javob uchrashuvlari doirasida «Barselona»ga qarshi kechadigan bahs oldidan fikrlarini bildirib o‘tdi.
«Atletiko» bo‘lish - barqarorlik, har qanday raqobatga tayyor turish, qiyinchiliklarga qarshi kurash va hech qachon taslim bo‘lmaslik deganidir. Biz o‘zimizdan kuchliroq borligini bilamiz va buni to‘g‘ri qabul qilamiz. Ammo yana shuni bilamizki, biz «Barselona»ga qarshi tengma-teng o‘ynay olamiz.
Biz bu raqibga qarshi o‘yinda yanada ko‘proq harakat qilamiz. «Barsa»ni yengish yo‘lini topish va ularni xafa qilish yo‘lini topishga urinamiz.
O‘yin oldidan jamoadagi muhit fantastik darajada. Muxlislarimiz ham o‘yinga qattiq tayyorlanishmoqda. Lekin bu bilan «Barselona» futbolchilarini dovdiratib qo‘yamiz deb o‘ylamayman, ular bunga tayyor.
Kokening jamoadagi o‘rni muhim. U maydonni hammadan yaxshi ko‘ra oladi. Keyingi vaqtlarda «Atletiko» tezkor futbol namoyish etmoqda, bu esa markazdagi o‘yinchilarning mehnatlari evazigadir.
Fernando Torressiz o‘ynash variantlari ko‘p (bu futbolchi birinchi o‘yinda qizil kartochka olgani uchun Madriddagi bahsni o‘tkazib yuboradi - tahririyat). Masalan, uning o‘rnida Vetto, Karrasko, Grizmann kabilardan foydalanish mumkin… Ko‘ramiz, qaysi rejamiz ish berarkin», – deya fikrlarini bildiradi argentinalik futbolchi.