«Real» jamoasi hujumchisi Karim Benzema Fransiya terma jamoasining 2016 yilgi Yevropa chempionati uchun yakuniy tarkibiga kiritilmagan. U o‘z vatanida o‘tkaziladigan turnirni o‘tkazib yuborishi haqida tvitterdagi sahifasi orqali ma'lum qilgan.
«Afsuski, men terma jamoaning Yevropa chempionati uchun tarkibiga chaqirilmadim. Turnirda ishtirok etmayman», — deya yozadi futbolchi.
2015 yilning dekabrida Benzema Frantsuz futbol federatsiyasi tomonidan terma jamoa tarkibidan chiqarilgandi. Bunga uning «Lion» futbolchisi Matyo Valbuenaning shantaj qilinishida ishtirok etgani bilan bog‘liq mojarolar sabab bo‘lgandi.