Makkai mukarramani zamonaviylashtirish loyihasi Saudiya Arabistoni Podshohligi vakili va shahar amiri tomonidan tasdiqlangan. Bu haqda muslim.uz xabar yozgan.
Loyihaga ko‘ra, Makkai mukarramada barcha aholi internetdan foylana oladi.
Loyiha bo‘yicha 2017 yil Makkai mukarrama “Eng zamonaviy shahar” nomini oladi. Loyiha doirasida yagona muvofiqlashtiruvchi markaz ishga tushiriladi. Bu esa fuqarolarning barcha hukumat organlari bilan o‘zaro tarmoq orqali muloqotda bo‘la olish imkoniyati beradi.
Bundan tashqari, elektron nazorat tizimini yo‘lga qo‘yish rejalashtirilmoqda.