"Turkmanneft" neft qazib chiqarish hajmini oshiradi

Iqtisodiyot 14:44 / 12.04.2016 1514

Turkmaniston neft va gaz vazirligining xabar berishicha, yil boshidan beri "Turkmanneft" davlat konserni korxonalari tomonidan bir million 266,5 ming tonna neft qazib olingan. Shulardan 2015 yilning 1-choragiga qaraganda 687 ming tonna ko‘proq neft qayta ishlashga jo‘natilgan. Kontsernning ishlab chiqaruvchi korxonalari rejadagidan deyarli 18,9 ming metr ko‘p burg‘ilandi. Eng avvalo, ekspluatatsion quduqlarning burg‘ilanish tezligi sezilarli o‘sdi. Ular rejadagidan ko‘ra 12 ming metr ko‘proq burg‘ilangangan, qidiruv quduqlari esa - 6,9 ming metrga ko‘p.

Burg‘ilash ishlarida zamonaviy texnika qo‘llanadi. 2015 yilda Xitoyning XJ-450 markali 12ta burg‘ilash qurilmasi ehtiyot qismlari va yuqori bosimga qarshi kuchli uskuna bilan birga keltirildi. Hozirgi vaqtda davlat konserni tomonidan 30tacha hudud ekspluatatsiya qilinmoqda, ular o‘zida ishlab chiqarishning turli bosqichlaridagi 600dan ko‘p neft, neft-gaz va gaz konlarini mujassam etgan.

So‘nggi yillarda davlat konserni Kaspiy dengizi mintaqasidagi "Shimoliy G‘oturdupe" degan joyda keng ko‘lamli geologosinov ishlarini boshlab yubordi.

Ko‘proq yangiliklar: