Tailandda mast holatda transport haydaydiganlar o‘likxonada ishlashga yuboriladi

Jahon 09:44 / 12.04.2016 1205

Tailand hukumati haydovchilar orasida mast holatda yo‘l-transport hodisasini amalga oshirishga qarshi kurashish maqsadida bu YTHlarni amalga oshirganlarni ularning bunday qoidabzarliklari qanday ayanchli oqibatlarga olib kelishini o‘z ko‘zlari bilan ko‘rishlari uchun o‘likxonada ishlashga yuboradi. Bu haqda Associated Press axborot agentligi xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, aprelda nishonlanadigan Tailand Yangi yili – Songkran vaqtida ayniqsa ko‘plab YTHlar sodir etiladi. Statistika bo‘yicha, bu bayram davom etadigan 7 kun ichida Tailand yo‘llarida har soatda 2,3 odam halok bo‘ladi.

Ta'kidlanishicha, Tailand hukumati avval bayram vaqtida qoida buzgan haydovchilarning avtomobillarini musodara qilish taklifini bildirgandi, ayni vaqtda esa ularni o‘likxonalarga ishlagani yuborishni taklif qilmoqda.

"Sudda aybdor deb topilgan yo‘l harakati qoidabuzarlari o‘likxonalar va shifoxonalarga ishlagani yuboriladi", deb aytildi Tailand politsiyasida.

Ma'lum qilinishicha, bu chora avtomobilni xavfli haydashning oldini oladi va qoidabuzarlar uchun to‘xtatuvchi omil bo‘lib xizmat qiladi.

Politsiyada ta'kidlanishicha, qoidabuzarlar "ruhiy va jismoniy jarohatlarni" o‘z ko‘zlari bilan ko‘rishlari kerak. Ular o‘likxonalarni tozalash va o‘liklarni tashish bilan shug‘ullanishadi. Ta'kidlanishicha, qoidabuzarlarni bog‘ga yoki kutubxonalarga ishlashga jo‘natish bilan kerakli samaraga erishib bo‘lmaydi.

Ko‘proq yangiliklar: