Italiyadagi nashrlar Sinisha Mixaylovichning «Milan» bosh murabbiyligidan iste'foga chiqarilgani, uning o‘rnini Kristian Brokki egallashi haqida yozmoqda.
«Yuventus» jamoasidan uchralgan mag‘lubiyatdan keyin (1:2), rahbariyat murabbiylarni almashtirishga qaror qilgan.
Football Italia nashri ma'lumotiga ko‘ra, jamoa xo‘jayini Silvio Berluskoni 10 aprel kuni Arkoredagi villasida yoshlar jamoasi bosh murabbiyi Kristian Brokki bilan birga kechki ovqatni tanovul qilgan va bir necha soat davomida u hamda yordamchilari bilan muzokara olib borgan.
Bundan avvalroq ham Berluskoni yozda Mixaylovichni bo‘shatib, uning o‘rniga Brokkini tayinlashi xaqida xabar berilgan edi. Ammo murabbiylar shtabidagi o‘zgarish tezroq amalga oshishi mumkin.
Brokki bilan avvaliga mavsum oxirigacha bitim tuzilishi, keyin bu bitim bir yilga uzaytirilishi mumkin.
Berluskoni o‘z qarori haqida Mixaylovichni ogohlantirgani, uning iste'fosi haqida 12 aprel kuni e'lon qilinishi haqida aytilgan.
MilanNews xabariga ko‘ra, bugungi mashg‘ulotlarni Brokki o‘tkazadi.
«Milan» jamoasi ayni vaqtda, A seriya yakuniga 6 tur qolganida oltinchi o‘rinni egallab turibdi va keyingi mavsumda YeChLda qatnashish imkoniyatidan mahrum bo‘lgan.
Ma'lumot uchun, jamoa vitse-prezidenti Adriano Galliani Marchello Lippi nomzodini yoqlayotgandi, «Milan»ning afsonaviy murabbiyi Arrigo Sakki esa ayni vaqtda «Sassuolo»da ishlayotgan Eusebio Di Francheskoni olib kelishni tavsiya qilgandi.