Peru soliq ma'muriyati milliy boshqarmasi (Sunat) xodimlari ofshor kompaniyalarni ro‘yxatdan o‘tkazuvchi Panamaning Mossack Fonseca kompaniyasining Peru poyxati Limadagi ofisida tintuvlar o‘tkazdilar, deb xabar bermoqda El Comercio nashri.
Tintuvlarda shuningdek prokuratura va politsiya vakillari ham ishtirok etdi.
"Bugun biz soliqlar bilan firibgarlik bo‘lgani haqida ishonchli ma'lumotni olmoqchimiz", deb aytdildi Sunat’da.
Ta'kidlanishicha, Mossack Fonseca’ning Limadagi ofisi shaharning nufuzli San-Isidro tumanida, Panamaning Perudagi elchixonasi qarshisida joylashgan.
3 aprelda OCCRP jahon yetakchilari, sportchilari va madaniyat arboblarining ofshor bitimlarga aloqadorligi haqidagi katta ko‘lamdagi tergovni chop etdi. OCCRP, ICIJ va 100 dan ko‘proq nashrlar jurnalistlari olib borgan tergov katta oqibatlarga olib keldi: Islandiya bosh vaziri "ofshor mojarosi" ortida iste'foga ketdi, Buyuk Britaniya, Niderlandiya, AQSh, Avstriya, Germaniya, Hindiston, Xitoy va Ukraina chop etilgan holatlar bo‘yicha tekshiruvlar o‘tkazmoqda.