AQSh Suriyada 13 aprelga belgilangan saylovlarni noqonuniy deb hisoblamoqda

Jahon 07:12 / 12.04.2016 828

AQSh Suriyada 13 aprelga belgilangan saylovlarni noqonuniy deb hisoblamoqda, deb xabar berdi jurnalistlarga AQSh Davlat departamenti vakili Mark Toner.

"Biz bu saylovlarni qonuniy deb hisoblamaymiz. Ular Suriya xalqining istagini bildirmaydi", deb aytdi Toner.

Tonerning aytishicha, bu saylovlar "joriy vaziyatni hisobga olgan holda" barvaqt o‘tkazilmoqda.

13 aprelda Damashq va Suriyaning boshqa shaharlarida mahalliy parlament – Xalq kengashiga saylovlar bo‘lib o‘tishi belgilangan. Muxolifatning ko‘pchilik vakillari bu saylovlarni boykot qilishga va'da berishgan, deb xabar bermoqda RIA “Novosti” axborot agentligi.

2012 yilda fuqarolik urushi sharoitida o‘tkazilgan avvalgi saylovlarda hukmron partiya Baas mutlaq ko‘pchilik ovoz olgan edi.

Ko‘proq yangiliklar: