WP: Obama may oyida Xirosimaga tashrif buyurishi mumkin

Jahon 11:09 / 11.04.2016 1666

AQSh prezidenti Barak Obama joriy yilning mayida Xirosimaga tashrif buyurishi mumkin, deb xabar bermoqda manbalarga iqtibos keltirgan holda The Washington Post nashri.

Ushbu qaror bo‘yicha yakuniy to‘xtamga kelinmagan, biroq Obamaning yordamchilari prezidentning G7 sammitidagi ishtirokidan keyin Xirosimaga tashrif buyurish imkoniyatini ko‘rib chiqishmoqda. AQSh ma'muriyatining yuqori lavozimli vakilining fikricha, Obama Xirosimada yadroviy qurolni tarqatmaslik mavzusida nutq so‘zlashi mumkin.

Ta'kidlanishicha, AQShlik yuqori darajadagi siyosatchilar Ikkinchi jahon urushining yakunlovchi pallasida ikki yapon shaharining atom bombardimonlari uchun aybni his qilish, uzr keltirish ma'nosida ancha yillar davomida Xirosimaga tashrif buyurishmagan.

Avvalroq AQSh Davlat kotibi Jon Kerri AQSh Davlat departamentining Xirosimaga atom bombardimonlari zamonlaridan beri tashrif buyuradigan ilk rahbari bo‘lishi ma'lum bo‘lgandi.

Shuningdek, o‘sha mash'um voqealarda jabr ko‘rgan shaharlardan biri Nagasaki meri Obamani jabrdiyda shaharlarga tashrif buyurishga taklif qilgani ma'lum qilindi.

Ko‘proq yangiliklar: