8 aprel kuni Toshkentda Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo-sotiq vazirligida Koreya Respublikasining O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Li Uk Xon bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv davomida ikki tomonning savdo-iqtisodiy, investitsion va moliyaviy-texnik sohalardagi hamkorligini davom ettirish masalalari tahlil qilindi.