Samvel Babayan JCh saralashining 3-bosqichi qur'asida qatnashish uchun Malayziyaga jo‘nab ketdi

Sport 12:00 / 11.04.2016 2031

12 aprel kuni Malayziya poytaxti Kuala-Lumpur shahrida Jahon chempionati-2018 saralashining 3-bosqichi uchun qur'a tashlash marosi bo‘lib o‘tadi.

Ushbu qur'a tashlash marosimiga Osiyo Futbol Konfederatsiyasi taklifiga muvofiq, O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Samvel Babayan hamda terma jamoa menejyeri Ramil Ilyosov Malayziyaga jo‘nab ketishdi.

Ikkinchi saralash bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tgan 12ta terma jamoa 12 aprel kuni Kuala-Lumpur shahridagi Mandarin Oriental mehmonxonasida bo‘lib o‘tadigan qur'adan so‘ng, JCh-2018 final bosqichiga yo‘llanma beruvchi so‘nggi saralash bosqichidagi raqiblari nomini bilib oladi.

Eslatib o‘tamiz, mazkur saralash bosqichida, 12ta terma jamoa 6tadan ikki guruhga bo‘lingan holda JCh-2018 final bosqichi yo‘llanmasi uchun kurashni davom ettiradi.

O‘zbekiston milliy terma jamoasi qur'ada Saudiya Arabistoni bilan 3-savatchadan joy olgan.

Ma'lumot uchun, qur'a tashlash marosimi Toshkent vaqti bilan soat 13:30da boshlanadi.

Ko‘proq yangiliklar: