2016 yilning 4 aprelida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov “Xalqaro bitimni tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi. Bu haqda UzDaily.uz xabar bergan.
Mazkur hujjat nusxani tasdiqlash, metrologik shahodatlash, o‘lchov asboblarini kalibrlash va tekshirish maqsadida o‘tkaziladigan sinov natijalarini o‘zaro tan olish to‘g‘risidagi kelishuvni tasdiqladi.
Hujjat 2015 yil 29 may kuni Qozog‘iston Respublikasi Burabay posyolkasida MDH davlat rahbarlari Kengashi majlisida imzolangan.
Qarorda belgilanishicha, O‘zbekiston hujjatni ma'lum shart bilan qabul qiladi. Ya'ni O‘zbekiston mazkur kelishuvning 10-moddasi ikkinchi abzatsini qabul qilmaydi.
O‘zbekiston rahbari mazkur xalqaro kelishuv kuchga kirishi uchun zarur bo‘lgan davlat ichki tartiblarining bajarilishi to‘g‘risidagi tegishli bildirishnomani depozitariyga yuborish vazifasini O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi zimmasiga yukladi.