Obama: Amerikaga butun dunyo havas qiladi, barcha imkoniyatlar AQSh qo‘lida

Jahon 12:44 / 11.04.2016 1777

Barak Obamaning Fox News telekanaliga bergan intervyusida aytilishicha, "AQShga hamma havas qiladi, chunki Amerikada XXI asrda yetakchilik qilish uchun hamma imkoniyatlar bisyor".

Obama tanqidiy munosabatdagi odamlar AQShdagi hayot tarzining ustunligini ba'zan tan olmasliklarini va bu insonlarga xos xususiyat ekanini ta'kidladi.

"Amerikaning qo‘lida barcha imkoniyatlar shay. Biz - butun dunyo havasining obektimiz. Dunyodagi eng zo‘r harbiy kuchlar bizda. Bugungi kunda bizning iqtisodiyotimiz jahondagi eng rivojlangan iqtisodiyotdan ham zo‘r", - dedi AQSh prezidenti.

"Eng yaxshi ishchi kuchi, eng zo‘r universitetlar bizda. Biz eng innovatsion xalqmiz, eng taraqqiy etgan ilm-fan ham bizda. Bizning aholimiz ko‘p qirrali va iste'dodli", deya ta'kidladi Obama.

"Joriy asr ham XX asr kabi bizning asrimiz bo‘lishi mumkin, agar biz bir-birimizni parchalab tashlamasak. Chunki bizning siyosatchilarimiz o‘zaro hamkorlikda faoliyat yuritgandan ko‘ra sensatsiya va ziddiyatlarga moyillikni qadrlaydi. Ularda murosaga kelish qobiliyati yo‘q. Agar shu kamchilikni to‘g‘irlasak, bizni hech kim to‘xtatolmaydi", - dedi Obama.

Ko‘proq yangiliklar: