60 yoshdan 65 yoshgacha bo‘lgan havaskor sportchilar Amir Temur yubileyi sharafiga 680 ming qadamli sayohat uyushtirishdi.
Sayohatchilar guruhi besh kishidan tashkil topdi. Ular o‘zlarining g‘aroyib sayohatlarini Sohibqiron tavallud topgan Xo‘ja Ilg‘or qishlog‘idan boshlab, Toshkentda yakunlashdi.
“Barimiz tajribali sayohatchilarmiz, ammo O‘zbekiston bo‘ylab birinchi marta ana shunday sayohat uyushtirishimiz. Masalan, men mamlakatimizning barcha jabhalarida bo‘lganman. Bu, deyarli, 5500 kilometrli yo‘l degani”, — deb xabar beradi Sputnik marafonda ishtirok etgan qatnashchilardan birining so‘zidan iqtibos keltirar ekan.
Havaskor-sportchilar 385 km. yo‘lni ikki hafta mobaynida bosib o‘tishdi va 9 aprelda, Toshkentda yakunlashdi.