Kolumbiyaning beshta shahrida futbolchilar hukumatning mamlakat chempionati o‘yinlarida 35 daraja issiq bo‘lgan kunduzgi vaqtga qo‘ygani uchun o‘ziga xos ishlash tashlash bilan norozilik namoyishlarini uyushtirishdi. Bu haqda Reuters xabar tarqatmoqda.
Hakamning o‘yin boshlanishini so‘rab chalgan hushtagidan keyin futbolchilar chim ustiga o‘tirib olishgan va bu holat bir necha daqiqa davom etgan.
Hukumatning bunday qarorga kelishiga kechki paytda stadionni yoritish uchun juda ko‘p miqdorda elektr energiyasi sarflanishi sabab bo‘lgan. Futbolchilar uchun issiq paytda o‘yin o‘tkazishgani uchun bo‘lim o‘rtasida tomoqlarini ho‘llab olishga ruxsat berilgan, biroq futbolchilarning firkiga ko‘ra bu yetarli emas. Ular bunday issiqda to‘p surish sog‘liq uchun o‘ta zararli ekanini bildirishgan.