Kerri: Rossiya va AQSh yadroviy quroldan butkul voz kechishga tayyor

Jahon 15:33 / 11.04.2016 1229

G7 davlatlari tashqi ishlar vazirlarining Xirosimadagi ikki kunlik uchrashuvida AQSh Davlat kotibi Jon Kerri Amerika va Rossiya yadroviy quroldan butkul voz kechishga tayyorligini bildirgan.

"Davlatlarimiz yadrosiz dunyo konsepsiyasini anglab yetmoqdalar va bu quroldan birgalikda voz kechish yo‘llari haqida muzokaralar olib borishmoqda", - deb ta'kidladi Kerri.

AQSh Davlat kotibi Moskva va Vashington har bir davlatda Reygan va Gorbachyov prezidentligi davridan beri yadro kallaklari soni ellik ming donadan taxminan bir yarim minggacha qisqarganini yodga soldi.

"Biz harakatda davom etishga tayyormiz", - dedi u o‘z nutqida.

Ko‘proq yangiliklar: