Sky News nashrining xabar berishicha Hollivudda "Taxt o‘yinlari" serialining yangi mavsumi premerasi bo‘lib o‘tdi. Qizil yo‘lakchada loyihaning ko‘plab yulduzlari namoyon bo‘lishgan.
Tadbirga aktrisa Sofi Terner (Sansa Stark) tashrif buyurdi. U bu mavsumda ssenariyning faqat o‘ziga tegishli joylarini o‘qiganini tan oldi.
"Bu o‘qishga eringanimdan emas, balki serialni muxlis sifatida tomosha qilishni xohlaganimdan", - deb oydinlik kiritdi Terner.
Aktyor Eydan Gillen (Petir Beylish) aytganidek, "Taxt o‘yinlari" pop-madaniyatning fenomeniga aylandi va u ana shu loyihaning bir bo‘lagi ekanligidan baxtiyorligini bildirdi.
"Agar serial u qadar yaxshi bo‘lmaganida, muxlislar ko‘chalarda navbatga turmas edilar, jurnalistlar ham premeraga kelishmasdi", - deydi aktyor Jonatan Prays (Yuqori septon).