G7 davlatlarining tashqi ishlari vazirlari Xirosimada uchrashuvning ikkinchi kunini boshlashdi

Jahon 10:31 / 11.04.2016 1020

"Yettilik" davlatlari (G7) TIV vazirlari Yaponiyaning Xirosima shahrida uchrashuvning ikkinchi kunini boshlashdi. Bu haqda NHK xabar bergan.

Uchrashuv yakunlariga ko‘ra, ishtirokchilar yadroviy qurolga qarshi "Xirosima deklaratsiyasi" qabul qilishlari kutilmoqda.

Uchrashuvda Yaponiya tashqi ishlari vaziri Fumio Kisida, AQSh davlat kotibi Jon Kerri, Germaniya TIV rahbari Frank-Valter Shtaynmayyer, Buyuk Britaniya tashqi ishlari vaziri Filipp Hammond, Fransiya TIV rahbari Jan Mark Eyro, Kanada TIV rahbari Stefan Dion va Italiya vaziri Paolo Jyentiloni ishtirok etishmoqda.

Uchrashuv G7 sammiti arafasida Ise Simada bo‘lib o‘tdi. Sammitning o‘tkazilish muddati may oyining oxiriga mo‘ljallangan.

G7 ishtirokchilari Xirosimadagi xiyobonni ziyorat qilishdi. U yerda 1945 yilda Amerika atom hujumidan halok bo‘lganlar xotirasi yodga olindi.

Ko‘proq yangiliklar: