Hollivud aktyori Leonardo Di Kaprio 100 yilda birinchi marta yovvoyi yo‘lbarslarning populyatsiyasi o‘sishiga izoh berdi. "Oskar" mukofoti sohibining murojaati Jahon yovvoyi tabiat fondi (WWF )ning saytida nashr etildi.
Di Kaprio WWF direktorlar kengashi tarkibiga kiradi va Leonardo DiCaprio Foundation guruhiga rahbarlik qiladi.
"Yo‘lbarslar - Yer yuzidagi eng muhim va sevimli hayvonlardan biri", deydi aktyor.
WWF kengashi bilan hamkorlikda uning fondi yovvoyi tabiatda yo‘lbarslar sonini ikki barobar ko‘paytirish bo‘yicha jiddiy ishlarni amalga oshirishga muvaffaq bo‘ldi.
Jumladan, bunday loyihalar bilan Nepalda shug‘ullanildi.
"Men bizning hamkorlikdagi ishlarimiz oldinga qarab borayotganidan faxrlanaman, biroq xali qiladigan ishlarimiz ko‘p", - deya ta'kidladi Di Kaprio.