Buyuk Britaniya qirollik oilasi vakillari ashaddiy muxlisi bilan uchrashdi

Jahon 16:26 / 11.04.2016 2137

Gertsog va gersoginya Kembrijskiylar Hindistonda 93 yoshli muxlislari bilan uchrashishdi.

Mumbaydagi Britannia & Co. restorani egasi Boman Ko‘hinur o‘zini Britaniya qirollik oilasining birinchi raqamli muxlisi deb hisoblaydi.

Yaqinda u Uilyam va Keytga uning restoraniga tashrif buyurishini so‘rab video murojaat yo‘lladi. Bu video tarmoqda ommalashib ketib, manzil egalariga ham yetib bordi va restoran egasi o‘z orzusiga erishdi. Gertsog va gersoginya Ko‘hinurni Taj Mahal Palace Hotel mehmonxonasiga taklif etishdi.

Britannia & Co restoranini 1923 yili Ko‘hinurning otasi ochgan. Hozir u shaharning diqqatga sazovor joylaridan biri hisoblanadi.

Ko‘proq yangiliklar: