Buyuk Britaniya chegara nazorati va immigratsiya xizmati uch yil davomida eshitish qurilmalari va kompyuter, smartfonlarni kuzata olish imkoniyati orqali qochqinlarni nazorat qilgan. Bu haqda The Independent nashri xabar berdi.
2013 yildan buyon 1997 yili qabul qilingan politsiya to‘g‘risidagi Qonunga kiritilgan o‘zgartirishga ko‘ra, Buyuk Britaniya migratsiya xizmati xodimlari “jumladan maxsus moslamalar yordamida, xususiy mulkka daxl qila olish” huquqiga ega bo‘ldi. Bu esa muhojirlar bo‘lishi mumkin bo‘lgan uylar, mashinalar va vaqtincha yashash markazlariga eshitish qurilmalarini o‘rnatish imkoniyatini yaratdi.
Bundan tashqari, bu ularning kompyuter va smartfonlarini buzib kirish huquqini ham berdi.
Buyuk Britaniya IIV xabariga ko‘ra, ushbu hujjat himoya choralarini kuchaytirgan. Shuningdek, ofitserlar mazkur imkoniyatdan faqat milliy xarakterdagi jiddiy jinoyatlarning oldini olish uchungina foydalanishgan.