Bryussel terakti ijrochilari aslida Yevro-2016 vaqtida Fransiyada hujum qilmoqchi bo‘lishgani aniqlandi

Sport 18:27 / 11.04.2016 927

Bryusselda 22 mart kuni teraktlar amalga oshirgan terrorchilar 2016 yilning yozida Fransiya maydonlarida o‘tkaziladigan Yevropa chempionati vaqtida teraktlar uyushtirishni rejalashtirishgani haqida ma'lum qilindi. Bu haqda Liberation nashri biroz oldinroq Parij va Bryussel teraktlariga aloqador sifatida qo‘lga olingan Muhammad Abriniyning tergov vaqtidagi ko‘rsatmalariga asoslanib xabar bergan.

Abriniyning ma'lum qilishicha, Belgiyadagi guruh avvaliga Yevropa chempionati vaqtida xunrezliklar amalga oshirishga tayyorlangan, lekin Belgiyada tinimsiz olib borilgan tekshiruvlar tufayli ular qo‘lga tushishdan oldinroq terakt sodir etishga qaror qilishgan.

Eslatib o‘tamiz, 22 mart kuni Bryusseldagi xalqaro aeroportda 2ta portlash sodir etildi, bu portlashlar 2 jangarining, aka-uka Bakraviylarning o‘zini portlatishi vositasida amalga oshirildi. Keyinroq, detonator orqali shahar metrosining "Maalbek" bekatida portlash sodir etildi. Natijada, jami 35 kishi halok bo‘lib, 340 kishi jarohatlandi.

Yevro-2016 turniri Fransiya maydonlarida 10 iyundan 10 iyulgacha bo‘lib o‘tadi. Mart oyida Fransiya bosh vaziri Manuel Vals Yevropa chempionati bekor qilinmasligi, uning o‘tishi uchun yetarli darajada xavfsizlik sharoitlari muhayyo qilinishi haqida aytgandi.

Fransiya maxsus xizmatlari noyabrdagi teraktlar haqida 141 kun oldin xabardor bo‘lgan

Ko‘proq yangiliklar: