Avstraliyadagi yangi lotereya orqali ob-havoni aniq taxmin qilgan kishi 1 mln dollar yutib olishi mumkin

Jahon 18:14 / 11.04.2016 1224

Avstraliyada Weather Lottery nomli yangi xayriya lotereyasi taqdim etildi. Unda ob-havoni aniq aytgan mamlakat fuqarosi g‘olib deb topiladi va unga bosh mukofot-1 mln Avstraliya dollari (755 ming AQSh dollari atrofida) beriladi. Bu haqda Mashable xabar qilgan.

Weather Lottery lotereyasida ishtirok etish uchun birmartalik oylik to‘lov 25 Avstraliya dollarini tashkil etadi.

Qoidaga ko‘ra, o‘yinchi haftaning har bir kuni uchun 0dan 9gacha bo‘lgan sonlardan 7ta raqam tanlaydi.

Ushbu raqamlar Avstraliyaning barcha yirik shaharlarida tushki paytdagi havo haroratining o‘nlik raqamlaridan keyingi sonlariga taqqoslanadi.

Misol uchun, Sidneyda harorat +30,6 darajani ko‘rsatgan bo‘lsa, 6 yutuq raqami hisoblanadi.

Lotereya tashkilotchilarining aytishlaricha, mamlakat fuqarolarining kunlik mavzularidan biri havo harorati bo‘lgani uchun ham shu mavzu tanlangan. Bundan tashqari, har 25 dollarlik oylik badalning 5 dollari xayriya jamg‘armalariga o‘tkaziladi.

Ko‘proq yangiliklar: