2015 yilda eng ko‘p daromad ko‘rgan futbolchilar va murabbiylarning yangi reytingi e'lon qilindi

Sport 18:52 / 11.04.2016 1419

«Barselona» jamoasi futbolchisi Lionel Messi 2015 yilda 74 mln yevro ishlab topgan va u bu boradagi yetakchiligini davom ettirgan.

France Football nashri xabariga ko‘ra, o‘tgan yilda argentinalik futbolchi ishlab topgan daromad miqdori 2014 yildagiga nisbatan 9 mln yevroga ko‘proq bo‘lgan.

«Real» hujumchisi Krishtianu Ronaldu bu boradagi reytingda Messidan keyin ikkinchi bo‘lib joylashgan— € 67,4 mln yevro (Uning natijasi 1 yil oldingiga qaraganda 13,4 mln yevroga ortgan).

Uchinchi o‘rinda o‘tgan yildagi kabi «Barselona»ning yana bir a'zosi Neymar joylashgan — 43,5 mln yevro (+ 7 mln yevro).

2015 yilning 17 dekabrida «Chelsi» bosh murabbiyligidan iste'foga chiqarilgan portugaliyalik mutaxassis Joze Mourino esa o‘tgan yilda 24 mln yevro ishlab topish orqali eng ko‘p daromad ko‘rgan murabbiylar ro‘yxatini boshqargan. Bu boradagi kuchli uchlikda Xosep Gvardiola («Bavariya») va Fabio Kapello (2015 yilning 14 iyuligacha Rossiya terma jamoasi bosh murabbiyi) nomlari qayd etilgan.

Futbolchilar va murabbiylarning daromadlarini hisoblashda soliq va ijtimoiy to‘lovlar undirilishidan oldingi maoshi, bonus va reklama shartnomalaridan tushgan pullar inobatga olingan.

Ko‘proq yangiliklar: