1 maydan «Maxsustrans» Toshkentda chiqindi uchun to‘lovlarni oshiradi

O‘zbekiston 17:12 / 11.04.2016 2322

1 may kunidan e'tiboran «Maxsustrans» davlat ishlab chiqarish boshqarmasi Toshkent aholisiga va korxonalarga sanitar tozalash xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha tariflarni oshiradi. Bu haqda «Maxsustrans» shahar foydalanish bo‘limi saytida xabar qilingan.

Yangi tariflarga ko‘ra, xizmatlar narxlari quyidagicha belgilandi:

Qattiq maishiy chiqindilarni olib chiqib ketish – jismoniy shaxslardan
- bir kishi uchun bir oyga - 3000 so‘m.

Qattiq holdagi chiqindilarni to‘plash va olib ketish:

- byudjyet tashkilotlaridan 1 m kub uchun – 35991,0 so‘m
- xo‘jalik hisobidagi tashkilotlardan 1m kub uchun – 35991,0 so‘m.

Suyuq maishiy chiqindilarni olib chiqib ketish:

- byudjyet tashkilotlaridan 1 tonnasiga – 13449,4 so‘m
- xo‘jalik hisobidagi tashkilotlardan 1 tonnasiga – 13449,4 so‘m.

HD-310 rusumli avtomobillarda chiqindilarni qayta yuklash stansiyalaridan

- (Yashnobod, Yakkasaroy va Yunusobod ChQYuSh) «Oxangaron chiqindi xonasigacha olib borish 1 tonnasi uchun – 10010,5 so‘m.

Ko‘proq yangiliklar: